Bugun 3 noyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Taqiqlangan tashkilotlar faoliyatida qatnashganlar endi 10 yilgacha qamalishi mumkin

Taqiqlangan tashkilotlar faoliyatida qatnashganlar endi 10 yilgacha qamalishi mumkin


Adliya vazirligiga ko‘ra, qonunchilikka kiritilgan o‘zgartishlar bilan ekstremistik, ayirmachi va boshqa taqiqlangan tashkilotlar faoliyatida qatnashganlar uchun 5 yildan 10 yilgacha qamoq jazosi belgilandi.

Ekstremizmni targ‘ib qiluvchi, vahima chiqaruvchi materiallar yoki terroristik tashkilotlar ramzlarini tayyorlash, tarqatish va saqlash uchun ham javobgarlik kuchaytirildi.

Bunday holatlarda ashyolar musodara qilinib, fuqarolarga 100 BHM, mansabdorlarga 150 BHMgacha jarima yoki 15 sutkagacha ma’muriy qamoq jazosi qo‘llanilishi mumkin.

Shuningdek, qonun hujjatlaridagi “diniy ekstremizm” atamasi “ekstremizm” so‘ziga almashtirildi.

Kiritildi: Bugun 20:14. O'qildi: 281 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!