Shu bilan birga, Tailand hukumati visa run — mamlakatdan qisqa muddatga chiqib, keyin qayta kirish orqali qolish muddatini yangilash amaliyotini ham chekladi. Endi bunday imkoniyatdan yiliga ko‘pi bilan ikki marta foydalanish mumkin.
Rossiya Turoperatorlar assosiasiyasi fikricha, yangi qoidalar odatiy sayyohlik oqimiga jiddiy ta’sir qilmaydi. Chunki rossiyaliklarning aksariyati Tailandga 8–15 kunga boradi.
O‘zgarishlar asosan mamlakatda bir necha oy qoladiganlarga, jumladan masofadan ishlovchilar va qishlash uchun Tailandga boradigan oilalarga ko‘proq ta’sir qilishi mumkin.
Rossiya TIV Tailandda 30 kundan ortiq qolishni rejalashtirayotganlarga oldindan tegishli uzoq muddatli vizani rasmiylashtirishni tavsiya qildi.