Arxeologik topilmalar Qamashi tumanidagi Odirmon shahar arxeologik yodgorligida olib borilayotgan qazishmalar vaqtida aniqlangan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Odirmon shahar yodgorligi miloddan avvalgi III asr — milodiy III asrlar oralig‘iga oid.
Topilmalar qadimgi aholining diniy qarashlari, marosimlari va dafn an’analari haqida muhim ma’lumot berishi mumkin, deyiladi Madaniy meros agentligi xabarida.