Bugun 15 sentyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Putinning yordamchisi: Rossiya bilan urush bo‘lsa, Polsha «ikki-uch kunda yo‘q bo‘lib ketadi»

Putinning yordamchisi: Rossiya bilan urush bo‘lsa, Polsha «ikki-uch kunda yo‘q bo‘lib ketadi»



Rossiya prezidenti yordamchisi Nikolay Patrushev Polsha Tashqi ishlar vaziri Radoslav Sikorskiyning Rossiya ustidan harbiy ustunlik haqidagi bayonotlarini tanqid qildi. Uning aytishicha, Moskva bilan harbiy to‘qnashuv yuz bersa, Varshava «ikki-uch kunda yo‘q bo‘lib ketadi».

Patrushev Rossiya Ukrainadagi urushda o‘zining barcha imkoniyatlaridan foydalanmayotganini aytdi.

Avvalroq Sikorskiy Rossiya hujum qilgan taqdirda Polsha va NATO ittifoqchilari «juda tez» g‘alaba qozonishi mumkinligini bildirgan. Uning ta’kidlashicha, agar Ukraina yarim yilda Rossiya neftini qayta ishlash quvvatlarining yarmini ishdan chiqara olgan bo‘lsa, Polsha bunday natijaga 6 haftada erisha oladi.

Kiritildi: Bugun 19:31. O'qildi: 823 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!