Bugun 13 sentyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

"SI shu o‘n yillik oxiriga kelib barchamizni o‘ldirishi mumkin"

"SI shu o‘n yillik oxiriga kelib barchamizni o‘ldirishi mumkin"

Ilgari OpenAI kompaniyasida ishlagan Jeykob Koksonning fikricha, dunyodagi eng yirik sun’iy intellekt kompaniyalari o‘zini mustaqil ravishda takomillashtira oladigan tizimlarni yaratish poygasida ishtirok etmoqda.

Biroq hozircha hech kim bunday tizimlarning xavfsizligini qanday kafolatlash mumkinligini bilmaydi.

Uning taxminlariga ko‘ra, shu o‘n yillik oxiriga kelib sun’iy intellekt insondan ustun bo‘lishi, deyarli har qanday tizimni buzib kirishni o‘rganishi, bir necha soat ichida ilmiy kashfiyotlar qilishi hamda real resurslar va hokimiyatga ega bo‘lishi mumkin.

«SI shu o‘n yillik oxiriga kelib barchamizni o‘ldirishi mumkin», — dedi Kokson.

Avvalroq shunga o‘xshash ogohlantirish bilan «sun’iy intellektning cho‘qintirgan otasi» deb ataluvchi Jeffri Xinton ham chiqqan edi. Uning ta’kidlashicha, kuchli neyrotarmoqlar ustidan nazoratni yo‘qotish insoniyat uchun jiddiy xavf tug‘dirishi mumkin.

Kiritildi: Bugun 09:42. O'qildi: 414 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!