Shimoliy Koreya rahbari Rossiya bilan hamkorlikni "kengaytirish va chuqurlashtirish"ni rejalashtirayotganini ma’lum qildi. Bu haqda u Putinning mamlakat tashkil topganining 78 yilligi munosabati bilan yo‘llagan tabrigiga javob maktubida aytgan.
Kim Chen In ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlarni ittifoqchilik munosabatlari sifatida baholadi.
KXDR rahbari, shuningdek, Rossiyaning hozirgi "mamlakat xavfsizligi manfaatlari va xalqaro adolatni himoya qilish uchun olib borayotgan muqaddas urushi"da go‘yoki "g‘alaba qozonishi"ga ishonch bildirgan. Kim Chen In qo‘llagan bu ifoda, ehtimol, Rossiyaning Ukrainadagi urushiga taalluqli.
U Putin va Rossiya xalqini "o‘zgarmas qo‘llab-quvvatlash"ga va’da berdi.