Prezident farmoni loyihasiga ko‘ra, 2028 yildan pensiya yoshi har yili 3 oyga oshirilib, 2039 yilda erkaklar uchun 63 yosh, ayollar uchun 58 yosh etib belgilanishi mumkin.
Shuningdek, 2027 yildan:
— pensiya hisobida inobatga olinadigan ish haqi davri 5 yildan 20 yilgacha oshiriladi;
— pensiya uchun zarur minimal ish staji 7 yildan bosqichma-bosqich 15 yilga yetkaziladi;
— 2028 yildan pensiya hisoblashdagi ish haqining yuqori chegarasi 12 baravardan 13 baravarga oshiriladi.
Jamg‘arib boriladigan pensiya tizimida ham o‘zgarishlar taklif etilmoqda. Fuqarolarga mablag‘larni investisiya qilish, 2030 yildan esa ulardan og‘ir kasallikni davolash va ipoteka uchun boshlang‘ich to‘lov sifatida foydalanish imkoniyati berilishi mumkin.
📌 Eslatma: bu hozircha prezident farmoni loyihasi bo‘lib, jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan. Ular yakuniy qaror bilan tasdiqlanishi yoki o‘zgarishi mumkin.