Bugun 16 sentyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

Husiylar Saudiya Arabistoniga hujumlarni kuchaytirdi

Husiylar Saudiya Arabistoniga hujumlarni kuchaytirdi



Eron tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgan Yaman husiylari kecha, 14 sentyabr kuni Saudiya Arabistoniga yangi raketa va dron hujumlarini amalga oshirib, mintaqadagi vaziyatni yanada keskinlashtirdi, deya xabar bermoqda Reuters.

Qayd etilishicha, husiylar Saudiya Arabistoni janubidagi Xamis-Mushayt shahrida joylashgan harbiy havo bazasiga raketa va dronlar orqali hujum qilgan. Hujum oqibatida 13 nafar tinch aholi jarohatlangan.

Hujumlar Saudiya Arabistonining muhim Sharq – G‘arb neft quvuriga yetkazilgan zarardan keyin sodir bo‘lgan. Mazkur quvur Ho‘rmuz bo‘g‘ozini chetlab o‘tish imkonini beruvchi muhim yo‘nalishlardan biri bo‘lib, uning uzoq vaqt ishlamay qolishi jahon neft ta’minotining 4 foizigacha ta’sir qilishi mumkin.

Husiylar, shuningdek, Yamanning Qizil dengiz sohilidagi hududlari, jumladan, Bob al-Mandab bo‘g‘ozi yaqinidagi Perim oroli ustidan nazoratni mustahkamlamoqda. Bu esa mintaqadagi taranglikni kuchaytirib, neft eksporti va dengiz orqali yuk tashish yo‘llariga tahdidni oshirmoqda.

Kiritildi: 17:21 15.09.2026. O'qildi: 848 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!