Bugun 16 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Tailand Kambodja bilan chegara hududlarida komendantlik soati joriy qildi

Tailand Kambodja bilan chegara hududlarida komendantlik soati joriy qildi

Tailand hukumati Kambodja bilan chegaradagi hududlarda komendantlik soatini joriy etdi. Bu qaror chegaradagi to‘qnashuvlar kengayib, bahsli hududlarning sohilbo‘yi rayonlariga ham tarqalayotgani bilan izohlandi, deb xabar bermoqda Reuters.

Mamlakat rasmiylariga ko‘ra, Kambodja bilan olib borilayotgan harbiy harakatlar bahsli chegara hududining pribrej rayonlarigacha yoyilgan.

Tailand Mudofaa vazirligi matbuot kotibi, kontr-admiral Surasan Kongsiri Bangkokda o‘tkazilgan matbuot anjumanida shunday dedi:

«Umuman olganda, to‘qnashuvlar uzluksiz davom etmoqda. Kambodja avvalo hujumlarni to‘xtatishi kerak, shundan keyingina muzokaralarni boshlash mumkin bo‘ladi».

Qayd etilishicha, AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp tomonidan olib borilgan tinchlikparvarlik sa’y-harakatlariga qaramay, ikki davlat o‘rtasidagi qarama-qarshilik hali ham davom etmoqda. Ilgari Tramp tomonlar kelishuvga erishgani va mojaro tartibga solinganini ma’lum qilgan edi.

❗️Ma’lumotlarga ko‘ra, dushanbadan beri Tailand va Kambodja 817 kilometrlik chegaraning bir nechta nuqtalarida o‘zaro zarbalar almashgan. Qurolli kuchlar o‘rtasidagi bu to‘qnashuvlar AQSh va Malayziya vositachiligida avgust oyida tuzilgan tinchlik kelishuvidan keyingi eng shiddatli qarama-qarshilik sifatida baholanmoqda.

Kiritildi: 13:36 14.12.2025. O'qildi: 305 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!