Bugun 8 oktyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

Tailand hukumati mamlakatdan chiqish solig‘ini joriy etishni rejalashtirmoqda

Tailand hukumati mamlakatdan chiqish solig‘ini joriy etishni rejalashtirmoqda


Tailand Moliya vazirligi mamlakat hududidan samolyotda chiqib ketuvchi fuqarolar, shu jumladan xorijliklar uchun ham soliq joriy etish masalasini ko‘rib chiqmoqda.

Qonun loyihasiga ko‘ra, yangi soliq dastlab 1000 bat (taxminan 30 AQSh dollari) miqdorida belgilanadi. Keyinchalik soliq miqdori 5000 batgacha (taxminan 150 AQSh dollari) oshirilishi mumkin. Quruqlik yoki dengiz orqali chiqib ketuvchilar dastlabki bosqichda soliqqa tortilmaydi.

Tailand qirollik oilasi a’zolari va ularning hamrohlari, mamlakat buddistlar sangxasining oliy patriarxi, xorijiy davlatlar rahbarlari, rasmiy hukumat mehmonlari hamda 2 yoshga to‘lmagan bolalar soliqdan ozod qilinadi. Shuningdek, maxsus tranzit hududidan chiqmaydigan xalqaro tranzit reyslari yo‘lovchilari, samolyot ekipaji a’zolari va boshqa transport xodimlaridan ham Tailanddan chiqish solig‘i undirilmaydi.

Soliq jismoniy shaxslardan ular Tailanddan chiqib ketishidan oldin undirilishi ko‘zda tutilyapti. The Nation ma’lumotiga ko‘ra, odatda bu to‘lov aviachipta xarid qilinayotganda aviakompaniya yoki chipta sotuvchi agent tomonidan undirilishi mumkin. Soliqni to‘lamaganlik uchun uning miqdoridan ikki baravar ko‘p jarima belgilanishi rejalashtirilgan.

Avvalroq Tailand hukumati dunyoning 93 mamlakati, jumladan, O‘zbekiston fuqarolari uchun ham amalda bo‘lgan 60 kunlik vizasiz rejimni bekor qilgan edi.

Kiritildi: 20:05 07.10.2026. O'qildi: 251 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!