Bugun 22 sentyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Tadqiqot: Hozircha sun’iy intellekt 1 millionga yaqin yangi ish o‘rnini yaratgan

Tadqiqot: Hozircha sun’iy intellekt 1 millionga yaqin yangi ish o‘rnini yaratgan

Hozircha sun’iy intellektlar yo‘q qilayotganidan ko‘ra ko‘proq ish o‘rinlarini yaratmoqda: 2023-yil o‘rtalaridan buyon ushbu texnologiya AQShda 200 mingga yaqin ish o‘rni qisqarishiga sabab bo‘lgan va 1 millionga yaqin yangi ish o‘rnini yaratgan.

Buning asosiy sababi — ma’lumotlar markazlari va ular atrofidagi infratuzilma, shuningdek, sun’iy intellekt muhandislari hamda modellarni joriy etish bo‘yicha mutaxassislar kabi yangi kasblar paydo bo‘lganidir.

So‘nggi uch yil ichida sun’iy intellekt eng ko‘p qo‘llab-quvvatlash xizmati xodimlari, kotiblar va rahbarlar yordamchilarini o‘rnini egalladi. Ularning soni taxminan 10–15 foizga kamaygan.

Kiritildi: 21:32 16.09.2026. O'qildi: 916 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!