Toshkent shahri va ayrim hududlarda tadbirkorlarga tegishli tashqi reklama vositalari, elektromobillarni quvvatlash uskunalari hamda yengil konstruksiyali ob’ektlar demontaj qilinayotgani haqida xabarlar tarqalmoqda.
Ma’lum qilinishicha, bunday ob’ektlar ko‘p hollarda belgilangan tartibda ruxsatnoma olib va mablag‘ sarflanib o‘rnatilgan.
🗣 O‘zLiDeP tadbirkorlar huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish masalasini ko‘tarib, bunday qarorlar sud orqali ko‘rib chiqilishi kerakligini ta’kidladi. Shuningdek, tegishli idoralarga deputatlik so‘rovlari yuborilishi ma’lum qilindi.
Qayd etilishicha, tadbirkorlar o‘z biznesiga kiritgan sarmoya bir kunda buzilib ketmasligiga ishonch bo‘lishi kerak.