Bugun 28 may, 2026 yil, payshanba

КИР

So‘rovda qatnashgan amerikaliklarning yarmi Eron bilan urushni tugatish tarafdori

So‘rovda qatnashgan amerikaliklarning yarmi Eron bilan urushni tugatish tarafdori

So‘rovda qatnashgan amerikaliklarning 52 foizi yadroviy kelishuvga erishishning imkoni bo‘lmagan taqdirda ham, Eron bilan urushni yakunlash foydasiga fikr bildirdi.

Bu haqda The Economist tomonidan o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalari dalolat bermoqda.

Taxminan shuncha miqdordagi respondentlar zarbalarning qayta boshlanishi ham Tehron yadro dasturini to‘xtatishga imkon bermaydi, deb hisoblaydi.

Agar tomonlar Eron yadro dasturi bo‘yicha kelishuvga erisha olmasalar, 37 foiz aholi urushni qayta boshlash tarafdori ekanini aytgan. Shu bilan birga, faqatgina 22 foiz respondent Tehron yadro dasturini yo‘q qilish nuqtai nazaridan urush "juda muvaffaqiyatli" bo‘ladi degan fikrda.

Amerikaliklarning 55 foizi Erondagi urushni xarajatlar va erishilgan natijalar nisbati nuqtai nazaridan o‘zini oqlamadi, deb hisoblaydi.

So‘rovnoma ishtirokchilarining 64 foizi esa AQSh rahbariyatining urushni boshlash haqidagi qarorini xato deb atagan.

Kiritildi: Bugun 15:06. O'qildi: 313 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!