Suriya prezidenti Ahmad ash-Shara Turkiya va Fors ko‘rfazi davlatlariga Suriyaga qarshi xalqaro sanksiyalarni bekor qilish bo‘yicha sa’y-harakatlarni qo‘llab-quvvatlagani uchun minnatdorlik bildirdi.
U bu haqda Anqarada bo‘lib o‘tgan NATO sammiti doirasida AQSh prezidenti Donald Tramp bilan uchrashuvidan oldin ma’lum qildi.
Ash-Sharaning ta’kidlashicha, so‘nggi bir yarim yil davomida Suriya hukumati mamlakat birligi va iqtisodiyotini tiklash ustida ish olib bormoqda.
«Suriya xalqi bu jarayonda ularni qo‘llab-quvvatlagan barcha davlatlarga minnatdor. Biz Turkiya va Fors ko‘rfazi mamlakatlarining yordamini unutmaymiz», — dedi u.
Suriya rahbari Donald Trampning Suriyaga qarshi sanksiyalarni bekor qilish qarorini «tarixiy qadam» deb baholab, bu mamlakatni tiklash uchun yangi imkoniyatlar ochishini ta’kidladi.
Suriya prezidenti ma’muriyati ma’lumotiga ko‘ra, Tramp bilan uchrashuvda ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish istiqbollari va mintaqaviy xavfsizlik masalalari muhokama qilingan. Tomonlar Suriyaning birligi va hududiy yaxlitligini mustahkamlash hamda Yaqin Sharqda barqarorlikni ta’minlash bo‘yicha hamkorlikni davom ettirish muhimligini qayd etgan.