Bugun, 22 oktyabr kuni futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 25-tur uchrashuvlari boshlanadi. Turning ilk bahsida Toshkentning "Bunyodkor" klubi o‘z maydonida Muborakning "Mash’al" jamoasini qabul qiladi.
Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 18:30 da start oladi. Bahsni bosh hakam Ahrol Risqullayev boshqarib boradi.
Turning markaziy uchrashuvlaridan biri 23 oktyabr kuni Toshkentda o‘tkaziladi. Unda "Paxtakor" Farg‘onaning "Neftchi" klubiga qarshi maydonga tushadi. Ushbu bahs soat 19:00 da boshlanadi.
Shu kuni "Buxoro" o‘z maydonida "Surxon"ni qabul qiladi. 24 oktyabrda esa "Nasaf" va "So‘g‘diyona" jamoalari o‘zaro to‘qnash keladi.
25 oktyabr kuni uchta uchrashuv rejalashtirilgan. OKMK "Qo‘qon-1912" bilan, "Qizilqum" "Lokomotiv" bilan, Samarqandning "Dinamo" klubi esa "Andijon" bilan kuch sinashadi.
Turning so‘nggi bahsi 26 oktyabr kuni "Xorazm" va "Navbahor" jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tadi.
Superliga. 25-tur
22 oktyabr, payshanba
18:30. "Bunyodkor" – "Mash’al"
23 oktyabr, juma
19:00. "Paxtakor" – "Neftchi"
19:00. "Buxoro" – "Surxon"
24 oktyabr, shanba
18:00. "Nasaf" – "So‘g‘diyona"
25 oktyabr, yakshanba
16:00. OKMK – "Qo‘qon-1912"
18:00. "Qizilqum" – "Lokomotiv"
18:15. "Dinamo" – "Andijon"
26 oktyabr, dushanba
18:30. "Xorazm" – "Navbahor"