Bugun 23 iyun, 2025 yil, dushanba

КИР

Superliga. "Navbahor" o‘z maydonida OKMKni yirik hisobda yengdi

Superliga. "Navbahor" o‘z maydonida OKMKni yirik hisobda yengdi

O‘zbekiston chempionati 13-tur bahslari doirasida «Navbahor» o‘z maydonida OKMK bilan kuch sinashdi. Uchrashuvda namanganliklar 3:0 hisobida zafar quchdi.

Mezbonlar safida ilk golni Odilovning trivela uzatmasidan so‘ng O‘rinboyev kiritdi. Ikkinchi golga himoyachi Gedesh mualliflik qilgan bo‘lsa, oxirgi gol Pedro nomiga yozib qo‘yildi.

Qayd etish lozim, bu Mirjalol Qosimov shogirdlarining g‘alabasiz yakunlangan Superligadagi ketma-ket 4-o‘yini bo‘ldi. Ushbu bellashuvlarda klub 2 durang va 2 mag‘lubiyat qayd etdi.

Ushbu natijadan so‘ng Lushan shogirdlari 23 ochko bilan 4-o‘ringa ko‘tarilib oldi. Olmaliq klubi esa 24 ochko bilan 3-pog‘onani band etgan.

Navbahor — OKMK 3:0
Gollar: Zabihillo O‘rinboyev 6, Gonsalo Gedesh 35, Pedro 90+6.

Kiritildi: 23:30 21.06.2025. O'qildi: 443 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!