Bugun 6 sentyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

Superliga jadvalida intriga kuchaydi: "Neftchi" va "Paxtakor" o‘rtasida 2 ochko farq

Superliga jadvalida intriga kuchaydi: "Neftchi" va "Paxtakor" o‘rtasida 2 ochko farq

O‘zbekiston Superligasida 20-tur bahslari davom ettirildi. 4 sentyabr kuni o‘tkazilgan to‘rtta uchrashuvdan so‘ng chempionlik uchun kurash yanada qizg‘in tus oldi.

Turning eng shov-shuvli natijasi Qarshida qayd etildi. Peshqadam "Neftchi" "Nasaf" mehmoni bo‘lib, 2:6 hisobida yirik mag‘lubiyatga uchradi. Farg‘onaliklar mag‘lubiyatga qaramay, 45 ochko bilan birinchi o‘rinda qoldi.

"Paxtakor" esa o‘z maydonida "Andijon"ni 3:0 hisobida mag‘lub etib, peshqadam bilan oradagi farqni ikki ochkogacha qisqartirdi. Toshkentliklar 20 ta o‘yindan keyin 43 ochko bilan ikkinchi o‘rinni egallab turibdi.

Namanganda "Navbahor" va "Lokomotiv" 1:1 hisobida durang o‘ynadi. Namanganliklar 38 ochko bilan uchinchi pog‘onada qolgan bo‘lsa, "Lokomotiv" 32 ochko bilan oltinchi o‘rinda bormoqda.

"Surxon" Toshkentda "Bunyodkor"ni 1:0 hisobida yengib, ochkolari sonini 23 taga yetkazdi. 20-turning avvalgi uchrashuvida esa OKMK "Xorazm" ustidan 1:0 hisobida g‘alaba qozongandi.

Turning qolgan uchta bahsi 5 sentyabr kuni o‘tkaziladi. "So‘g‘diyona" "Mash’al"ni, "Qo‘qon-1912" "Dinamo"ni qabul qiladi. Har ikki uchrashuv soat 18:00 da boshlanadi. Soat 20:15 da esa "Qizilqum" va "Buxoro" o‘zaro bahs olib boradi.

20-tur yakunlanmagan holatda "Neftchi" 45 ochko bilan peshqadam, "Paxtakor" 43 ochko bilan ikkinchi, "Navbahor" esa 38 ochko bilan uchinchi o‘rinda bormoqda.

Superliga jadvalida intriga kuchaydi: "Neftchi" va "Paxtakor" o‘rtasida 2 ochko farq

Superliga jadvalida intriga kuchaydi: "Neftchi" va "Paxtakor" o‘rtasida 2 ochko farq

Kiritildi: 23:57 04.09.2026. O'qildi: 1171 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!