Bugun 4 sentyabr, 2026 yil, juma

КИР

Superliga. Bugun "Paxtakor", "Navbahor" va "Neftchi" o‘yinlarini o‘tkazadi

Superliga. Bugun "Paxtakor", "Navbahor" va "Neftchi" o‘yinlarini o‘tkazadi

O‘zbekiston Superligasida bugun, 4 sentyabr kuni 20-tur doirasida navbatdagi to‘rtta uchrashuv bo‘lib o‘tadi.

Kunning ilk bahsida "Bunyodkor" o‘z maydonida "Surxon"ni qabul qiladi. Uchrashuv soat 18:00 da boshlanadi.

Soat 19:00 da esa bir vaqtning o‘zida ikki o‘yinga start beriladi. Namanganda "Navbahor" "Lokomotiv" bilan kuch sinashsa, Qarshida "Nasaf" chempionat peshqadami "Neftchi"ni qabul qiladi.

Turnir jadvali nuqtai nazaridan "Nasaf" — "Neftchi" bahsi alohida ahamiyat kasb etadi. Farg‘onaliklar 19 ta o‘yindan keyin 45 ochko bilan Superligada yakka peshqadam bo‘lib turibdi. "Nasaf" esa 25 ochko bilan 9-pog‘onada joylashgan.

Bugungi dasturga "Paxtakor" — "Andijon" uchrashuvi yakun yasaydi. Toshkentdagi bahs soat 20:15 da boshlanadi. "Paxtakor" 40 ochko bilan ikkinchi o‘rinni egallab turibdi va peshqadam "Neftchi"dan 5 ochko ortda qolmoqda.

4 sentyabr. Superliga, 20-tur:

"Bunyodkor" — "Surxon" — 18:00
"Navbahor" — "Lokomotiv" — 19:00
"Nasaf" — "Neftchi" — 19:00
"Paxtakor" — "Andijon" — 20:15

Superliga. Bugun "Paxtakor", "Navbahor" va "Neftchi" o‘yinlarini o‘tkazadi

Superliga. Bugun "Paxtakor", "Navbahor" va "Neftchi" o‘yinlarini o‘tkazadi

Kiritildi: Bugun 11:38. O'qildi: 904 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!