Bugun 17 noyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Superliga. 27-tur «Xorazm»ning «Bunyodkor» ustidan g‘alabasi bilan boshlandi (Turnir jadvali)

Superliga. 27-tur «Xorazm»ning «Bunyodkor» ustidan g‘alabasi bilan boshlandi (Turnir jadvali)

O‘zbekiston Superligasining 27-tur uchrashuvlariga start berildi. Turning dastlabki bahsida Toshkentning «Bunyodkor» klubi o‘z maydonida «Xorazm»ni qabul qildi.

Poytaxtda kechgan uchrashuv mehmonlarning 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

Mazkur natija «Xorazm» uchun turnir jadvalidagi o‘rnini yaxshilash imkonini berdi. Urganchliklar 27 ta uchrashuvdan keyin 26 ochko jamg‘arib, 13-pog‘onaga ko‘tarildi.

«Bunyodkor» esa 26 ta o‘yindan keyin 26 ochko bilan 14-o‘ringa tushdi. Ikki jamoaning ochkolari teng bo‘lsa-da, «Xorazm» qo‘shimcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha ustunlikka ega.

Superliga. 27-tur

5 noyabr, payshanba

«Bunyodkor» – «Xorazm» – 1:2

Qolgan uchrashuvlar taqvimi:

6 noyabr, juma

18:30. «So‘g‘diyona» – «Dinamo»

7 noyabr, shanba

16:00. «Andijon» – «Lokomotiv»

16:15. «Mash’al» – «Surxon»

18:30. «Qizilqum» – «Navbahor»

8 noyabr, yakshanba

16:00. «Neftchi» – OKMK

16:00. «Buxoro» – «Nasaf»

18:15. «Paxtakor» – «Qo‘qon-1912»

27-turning ilk bahsidan keyin chempionat peshqadami o‘zgarmadi. «Neftchi» 58 ochko bilan birinchi, «Paxtakor» 56 ochko bilan ikkinchi, «Navbahor» esa 52 ochko bilan uchinchi o‘rinda bormoqda.

Superliga. 27-tur «Xorazm»ning «Bunyodkor» ustidan g‘alabasi bilan boshlandi (Turnir jadvali)

Kiritildi: 23:31 05.11.2026. O'qildi: 896 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik