Superliganing 2026 yilgi mavsumiga 28 yanvar kuni qur’a tashlanadi.
Avvalroq Liga qur’a masalasida GotSport kompaniyasi bilan hamkorlik qilishi xabar qilingandi. Ayni vaqtda tomonlar yangi mavsum taqvimi bo‘lish ehtimoli mavjud variantlarni shakllantirmoqda. Ular orasidan saralab olingan maqbul variantlardan qay biri tanlab olinishi masalasi qur’a yordamida hal qilinadi.
28 yanvar kuni mazkur jarayon "Futbol TV" telekanali orqali translyasiya qilinadi va u 19:00 dan boshlab efirga olib chiqiladi. Unda Superliga klubi vakillari ham ishtirok etadi.