Bugun 19 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

Superliga 1-tur bahslarining boshlanish vaqtlari e’lon qilindi — «Paxtakor»ning o‘yini qoldirildi

Superliga 1-tur bahslarining boshlanish vaqtlari e’lon qilindi — «Paxtakor»ning o‘yini qoldirildi

PFL Superliga yangi mavsumining 1-tur o‘yinlarining boshlanish vaqtlarini e’lon qildi.

Elit OCHLda 1/8 finalga chiqqan hamda 4 va 11 mart kunlari «Al Hilol» bilan bahs yuritadigan «Paxtakor»ning o‘yini qoldirildi.

«7 mart kuni Superliganing yangi mavsumi start oladi. Bellashuvlar Sport TV hamda Futbol TV kanallari orqali teletranslyasiya qilinadi.

Liga hozirga qadar dastlabki ikki tur sanalariga aniqlik kiritgan bo‘lib, mart oyidagi FIFA kunlaridan keyingi rasmiy uchrashuvlar sanasi O‘zbekiston kubogining guruh bosqichiga qur’a tashlanganidan so‘ng e’lon qilinishini ma’lum qilingandi.

«Paxtakor» xalqaro maydondagi yurishini davom ettirishi aniq bo‘lgach, uning 2-turdan o‘rin olgan OKMK klubiga qarshi bellashuvi 16 mart kuni o‘tkaziladigan bo‘ldi. Qayd etish kerak, Toshkent klubi OFK Elit Chempionlar ligasining 1/8 finali doirasida 4 mart kuni Saudiya Arabistonining «Al Hilol» klubini qabul qiladi. Javob uchrashuvi 11 mart kuni Riyod shahrida o‘tkaziladi.

Liga rejasiga ko‘ra, «Paxtakor» 7-mart kuni «Mash’al»ga qarshi uchrashuv bilan Superliga ilk turini boshlashi lozim edi. Biroq «As Sadd» bilan o‘yin yakuniga yetgach, klub «Al Hilol»ga qarshi o‘yinlar rejasini ishlab chiqdi va unga jiddiy tayyorgarlik ko‘rish maqsadida Ligaga murojaat qilib, Superliga dastlabki turini boshqa sanaga qoldirishni so‘radi. Liga o‘tgan yilning oktyabr oyida ishlab chiqilgan taqvim rejada buning ehtimolini inobatga olgan bo‘lib, aprel oyining dastlabki sanalarini zaxira kuni sifatida belgilagandi. Shundan kelib chiqib, «Paxtakor» klubining so‘rovi qanoatlantirildi.

Shu tariqa Superliga yangi mavsumi 7-mart kuni OKMK — «Buxoro» o‘yini bilan start oladigan bo‘ldi. 8-9 mart kunlari bo‘lib o‘tadigan «Qizilqum» — «Surxon» hamda «Xorazm» — «Sho‘rtan» uchrashuvlari neytral maydonda o‘tishi va bunda har to‘rt jamoa futbolchilarining safarda bo‘lishi inobatga olinib, o‘yin vaqtlari belgilandi. Liga vaqt belgilashda barcha uchrashuvlar jonli teletranslyasiya qilinishi masalasini ham inobatga oldi», — deb yozadi PFL matbuot xizmati.

Kiritildi: 22:30 21.02.2025. O'qildi: 1324 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!