Bugun 29 aprel, 2025 yil, seshanba

КИР

Superkompyuter YECHL 1/8 finali oldidan turnir g‘olibini bashorat qildi

Superkompyuter YECHL 1/8 finali oldidan turnir g‘olibini bashorat qildi

FiveThirtyEight tahliliy sayti Yevropa Chempionlar ligasi 1/8 finali oldidan turnirning yangi g‘olibi qaysi jamoa bo‘lishini bashorat qildi.

Qayd etilishicha, tahliliy sayt superkompyuterga barcha jamoalarning ko‘rsatkichlarini kiritgach, virtual ong pley-off ishtirokchilarining YECHL g‘olibi bo‘lish imkoniyatini turli variantlarda hisoblab chiqqan.

Shu tariqa, superkompyuter Chempionlar ligasi g‘olibligiga asosiy favorit sifatida «Bavariya»ni topgan – 23 foiz. Ikkinchi o‘rinda «Manchester Siti» ko‘rsatilgan – 21%.

Musobaqaning qolgan ishtirokchilari katta farq bilan ortda qolgan. Jumladan, algoritm «Napoli»ni 9 foiz imkoniyat bilan 3-o‘rinda ko‘rsatgan bo‘lsa, turnirning amaldagi g‘olibi «Real»ning imkoniyati 8%ga baholangan. «PSJ» o‘nlikdan joy olgan.

Superkompyuterga ko‘ra YECHL-2022/23 g‘olibligiga da’vogarlar:

Superkompyuter YECHL 1/8 finali oldidan turnir g‘olibini bashorat qildi

Ma’lumot uchun, YECHL 1/8 finali doirasida «Bavariya» bugun, 14 fevral kuni soat 01:00da «PSJ»ga qarshi safarda saf tortadi.

Kiritildi: 22:12 14.02.2023. O'qildi: 2670 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!