Eronning Bandar-Abbos shahridagi Shahid-Rajai portida yuz bergan portlash va yong‘inga beparvolik sabab bo‘lgan.
Bu haqda Eron IIV rahbari Iskandar Momeni ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, aybdorlar allaqachon aniqlangan, bir necha kishi so‘roqqa chaqirilgan.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, portlash oqibatida 46 kishi halok bo‘lgan, 1200 dan ortiq kishi jarohatlangan.