Bugun 8 may, 2025 yil, payshanba

КИР

Manba: «Barselona» Abduqodir Husanovni sotib olishi mumkin

Manba: «Barselona» Abduqodir Husanovni sotib olishi mumkin

O‘zbekistonlik futbolchi Abduqodir Husanov Kataloniyaning «Barselona» klubiga o‘tishi mumkin. Bu haqda sport ommaviy axborot vositalari xabar bermoqda.

«Manchester Siti» 21 yoshli himoyachini ijaraga berish yoki uni sotib olish narxiga teng summaga sotishni rejalashtirmoqda. Futbolchiga da’vogarlar orasida Italiyaning grandi «Yuventus» va Kataloniyaning «Barselona» klublari tilga olinmoqda.

Agar «Yuventus» Husanovga juda muhtoj bo‘lsa, «Barselona» futbolchining kichik maoshi va «Manchester Siti» bilan yaxshi munosabatlari tufayli ijara variantini o‘rganmoqda. Avvalroq ham Kataloniya klubi «Manchester Siti»dan futbolchilarni ijaraga olgan edi.

«Barselona» tezkor va jismonan kuchli himoyachiga muhtoj. Klub yozda Ronald Arauxo va Andreas Kristensen bilan xayrlashmoqchi. Moliyaviy muammolar tufayli klub katta sarmoyalarsiz tarkibni kuchaytirishga muhtoj va Husanovni ijaraga olish kataloniyaliklar uchun eng yaxshi yechim bo‘lishi mumkin. Shuningdek, Abduqodirning himoyaning qanotlarida ham o‘ynay olishi uni ayni paytdagi barcha imkoniyatlar orasida eng yaxshi variantga aylantiradi.

Kiritildi: 18:55 24.04.2025. O'qildi: 16475 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!