Ukraina Milliy xavfsizlik xizmati qoshidagi Dezinformasiyaga qarshi kurash markazi rahbari Andrey Kovalenkoning aytishicha, Vladimir Putin tashabbusi bilan 8-11 may kunlari sulh tuzilishi manipulyasiya hisoblanadi.
"Nega to‘liq va keng qamrovli o‘t ochishni to‘xtatish mumkin emas? Jangovar harakatlarni to‘liq to‘xtatish bo‘lmagan hamma narsa - bu Rossiyaning axborot va harbiy maqsadlardagi manipulyasiyasi, urushni davom ettirish niyatini yashirishga urinishdir," - dedi Kovalenko.
Bugun Putin fashistlar Germaniyasi ustidan qozonilgan G‘alabaning 80 yilligi munosabati bilan sulh e’lon qildi. Bungacha u aprel oyida ham Pasxa sulhini taklif qilgan, biroq uning amal qilish davrida ikkala tomon ham bir-birini kelishuvlarni buzganlikda ayblagan.