Madridning "Real" klubi yarim himoyachisi Federiko Valverde "qirollik klubi" Ispaniya kubogi finalida "Barselona"dan avvalgi mag‘lubiyatlari (2:5, 0:4) uchun qasos olmoqchi ekanligini aytdi.
"Bizda "Barselona"dan qasos olish uchun ajoyib imkoniyat bor", - deya 26 yoshli urugvaylik yarim himoyachi so‘zlarini keltirgan Marca.
Eslatib o‘tamiz, "Barselona" - "Real" uchrashuvi 26 aprel, shanba kuni Toshkent vaqti bilan 01:00 da start oladi.