Bugun 23 iyun, 2025 yil, dushanba

КИР

So‘nggi yetti yil ichida Messi penaltilardan ko‘ra, jarima zarbalaridan ko‘proq gol urgan

So‘nggi yetti yil ichida Messi penaltilardan ko‘ra, jarima zarbalaridan ko‘proq gol urgan

"Inter Mayami" forvardi Lionel Messi jarima zarbasidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri gol urib, yana bir bor raqiblarni ranjitdi. 37 yoshli futbolchi "Portu" darvozasini ishg‘ol qilib, klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati o‘yinida "lochinlar"ga g‘alaba keltirdi - 2:1. E’tiborlisi, Messi 2018 yildan buyon penaltidan (33) ko‘ra, jarima zarbasidan (34) ko‘proq gol urgan. Umuman olganda, argentinalik futbolchi faoliyati davomida 68 marta jarima zarbasini aniq amalga oshirgan.

"Portu" darvozasiga urilgan gol Lionel uchun "Inter Mayami" safidagi elliginchi gol bo‘ldi.

Klublar o‘rtasidagi jahon chempionati pley-off yo‘llanmasi taqdiri 24 iyun kuni hal bo‘ladi: Xavyer Maskerano jamoasi keyingi bosqichga chiqish uchun "Palmeyras"ga yutqazmasa kifoya.

Kiritildi: 09:48 20.06.2025. O'qildi: 384 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!