Bugun 14 yanvar, 2026 yil, chorshanba

КИР

So‘nggi 7 yilda Mbappening murabbiylari o‘rtacha har 1,4 yilda iste’foga chiqarilmoqda

So‘nggi 7 yilda Mbappening murabbiylari o‘rtacha har 1,4 yilda iste’foga chiqarilmoqda

Kecha, 12 yanvar kuni "Real" Xabi Alonso klub bosh murabbiyligidan iste’foga chiqarilganini rasman e’lon qildi.

Shu tariqa, "Real" hujumchisi Kilian Mbappeda so‘nggi yetti yarim yil ichida olti nafar murabbiy o‘zgardi. Hujumchining "Monako"dan "PSJ"ga to‘laqonli transferi 2018 yil yozida amalga oshganidan beri, Mbappening murabbiylari o‘rtacha har 1,4 yilda o‘zgarib turadi.

Unai Emeri Mbappe bilan "PSJ"da bir mavsum birga ishlagan. Tomas Tuxel "PSJ"da - ikki yarim mavsum. Maurisio Pochettino "PSJ"da - bir yarim mavsum. Kristof Galtye "PSJ"da - bir mavsum. Karlo Anchelotti "Real"da - bir mavsum. Xabi Alonso "Real"da taxminan yetti oy faoliyat olib bordi.

Kiritildi: 23:44 13.01.2026. O'qildi: 192 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!