Bugun 9 avgust, 2026 yil, yakshanba

КИР

Sud Trampga Oq uyning buzib tashlangan qismidagi qurilishlarni to‘xtatishni buyurdi

Sud Trampga Oq uyning buzib tashlangan qismidagi qurilishlarni to‘xtatishni buyurdi

«Har bir prezident Oq uyning egasi emas, balki vaqtinchalik ijarachisidir. Uni Kongressning ruxsatisiz tubdan o‘zgartira olmaydi» deyiladi Vashingtonda joylashgan Kolumbiya okrugi bo‘yicha AQSh Apellyasiya sudining 2-1 nisbatdagi qarorida.

«Ulkan bal zali qurilishi kerakmi yoki yo‘qmi, buni Kongress hal qiladi. Bu ijroiya hokimiyatining o‘zboshimchalik bilan hal qiladigan ishi emas,» deya sud hay’atining ko‘pchilik a’zolarining xulosasini keltirmoqda Reuters.

Ushbu qaror Tarixiy yodgorliklarni saqlash milliy tresti (National Trust for Historic Preservation) tomonidan yutib olingan dastlabki ehtiyot chorasini o‘z kuchida qoldirdi. Trest o‘tgan yili – Oq uy ma’muriyati binoning sharqiy qanotni buzib tashlab, Kongressdan ruxsat so‘ramasdan 8 360 kvadrat metr hududga zal qurishni boshlaganidan keyin sudga murojaat qilgandi.

Milliy trest prezidenti Brent Legs ushbu sud qarori «Amerika xalqining o‘zlari qadrlaydigan tarixiy joylar, shu jumladan Oq uy haqida o‘z fikrlarini bildirish huquqi uchun ajoyib kun» bo‘lganini ta’kidladi.

Apellyasiya sudi Tramp ma’muriyatiga AQSh Oliy sudiga shikoyat qilish imkonini berish uchun o‘z qarori ijrosini 14 kunga to‘xtatib turdi.

AQSh yetakchisi esa ushbu loyiha xavfsizlik zarurati ekanligini tobora ko‘proq ta’kidlamoqda. Xususan, Tramp juma kuni postida bu inshootni «harbiy markaz» deb atadi va ma’muriyat Oliy sudga apellyasiya berishini aytdi. U sud qarorini «dahshatli» hamda siyosiy maqsadlarga qaratilgan, deb hisoblamoqda.

Kiritildi: 16:06 08.08.2026. O'qildi: 771 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!