Bugun 15 sentyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Sud ishlariga aralashgan mansabdorlar 5 yilgacha qamalishi mumkin

Sud ishlariga aralashgan mansabdorlar 5 yilgacha qamalishi mumkin


12 sentyabrdan kuchga kirgan qonun bilan sud ishlarini hal etishga noqonuniy aralashganlik uchun javobgarlik kuchaytirildi.

Sudya yoki xalq maslahatchisiga sud ishining xolis ko‘rilishiga to‘sqinlik qilish yoki adolatsiz qaror chiqarilishiga erishish maqsadida noqonuniy ta’sir o‘tkazganlik uchun 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish mumkin.

Agar bu harakat mansabdor shaxs tomonidan sodir etilsa, jazo 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilishni tashkil etadi.

Shuningdek, sud binosida tartibni buzish yoki sud raisining qonuniy talablariga bo‘ysunmaslik uchun 1–3 BHM miqdorida jarima belgilandi.

Kiritildi: 20:35 14.09.2026. O'qildi: 355 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!