Bugun 26 fevral, 2026 yil, payshanba

КИР

"Strandja". Bugun bokschi qizlarimizni to‘xtatib bo‘lmayapti

"Strandja". Bugun bokschi qizlarimizni to‘xtatib bo‘lmayapti

Xabaringiz bor, Bolgariyaning Sofiya shahrida an’anaviy 77 "Strandja" xalqaro turniri o‘tkazilmoqda.

-51 kg vazn toifasida ikkinchi jangini o‘tkazgan vakilamiz Feruza Kazakova qozog‘istonlik Jazira Urakboyevaga qarshi ringga ko‘tarildi. Qiziqarli va murosasiz kechgan bahsda hamyurtimiz 5:0 hisobida g‘alabani qo‘lga kiritdi.

-57 kg vaznda sportchimiz Humorabonu Mamajonova braziliyalik Serkuyero Romeroga qarshi kurash olib bordi Jiddiy raqibga qarshi Mamajonova juda yaxshi harakat qildi va yakunda 3:2 hisobida zafar quchdi.

Yana bir -57 kg vazn toifasidagi vakilamiz Nigina O‘ktamova angliyalik Elise Glinnga qarshi ringga chiqdi. Tajribali vakilamiz o‘zining ishonchli harakatlari bilan raqibasiga imkon bermadi va 4:1 hisobi bilan g‘alabaga erishdi.

-60 kgda yurtimiz sharafini himoya qilayotgan ikki vakilamiz Sitora Turdibekova hamda Mushtariybonu Ibrohimjonovani qur’a ilk bosqichdayoq bir-biriga to‘qnash keltirdi. Bu qarama-qarshilik ikki raund davom etdi va murabbiylarimiz 3-raundni Mushtariybonu davom ettirmasligini bildirishdi. Shu tariqa Turdibekova navbatdagi bosqichga yo‘l oldi.

-65 kgda Jahon chempionati finalchisi, Jahon kubogi g‘olibasi Navbahor Hamidova ha o‘z yurishini boshladi. U ilk to‘qnashuvda Qozog‘iston vakilasi Arujan Jangabayevaga qarshi ringga ko‘tarilishi kerak edi. Ammo uning raqibasi uchrashuvdan bosh tortganligi sababli, g‘alaba Navbahorga topshirildi.

Eslatib o‘tamiz, bizni oldinda yana bir charm qo‘lqop ustamiz Javohir Ummataliyev va Santos Dos Belini (Braziliya) jangi kutmoqda.

Bu haqda O‘zbekiston boks federasiyasi xabar bermoqda.

Kiritildi: 23:37 25.02.2026. O'qildi: 232 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!