Eronning neft infratuzilmasiga zarbalar berilishi ortidan Stiv Uitkoff va Jared Kushner Isroilga boradi,deb xabar bermoqda Channel 12.
Telekanal ma’lumotiga ko‘ra, ushbu tashrif Eronning neft infratuzilmasiga qilingan zarbalar ortidan Vashington va Tel-Aviv o‘rtasidagi kelishmovchilik fonida amalga oshirilmoqda.
AQSh rasmiylari bu hujumlar Eronning tinch aholisi uchun keng qamrovli bo‘lganini, ular aks ta’sir ko‘rsatishini va Eron rahbariyatining pozisiyasini mustahkamlashi mumkinligini aytishmoqda.
Isroilning xavfsizlik sohasidagi manbaning bildirishicha, yonilg‘i omborlariga qilingan zarbalar Tehronga Isroilning tinch aholi yashaydigan hududlariga hujumlarni to‘xtatish signali sifatida amalga oshirilgan.
Avvalroq AQSh energetika vaziri Kris Rayt Vashington Eron energetika infratuzilmasiga zarba berishni rejalashtirmaganini ma’lum qilgan edi.