Bugun 19 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

Sport kurashlari. Osiyo chempionatining ikkinchi kunida 5 ta medal

Sport kurashlari. Osiyo chempionatining ikkinchi kunida 5 ta medal

Vyetnam mezbonlik qilayotgan sport kurashlari bo‘yicha U17 va U23 yosh toifalaridagi Osiyo chempionatida ikkinchi kun bahslari ortda qoldi. Unda yunon-rum va ayollar kurashi bo‘yicha bir qator vazn toifalaridagi bellashuvlar tashkil etildi.

Murosasiz bahslar davomida O‘zbekiston terma jamoasi 1 ta kumush va 4 ta bronza medallariga sazovor bo‘ldi. Batafsil:

Kumush medal:
-63 kg: Husniddin Olimboyev

Bronza medal:
-50 kg: Jonpo‘lat To‘lqinboyev
-87 kg: Rahimjon Uzoqov
-50 kg: Mushtariy Tolipbekova
-59 kg: Laylo Sobirova

Ahamiyatlisi, musobaqada 2 ta oltin, 2 ta kumush va 3 ta bronza medallarini jamg‘argan «klassik» kurashchilarimiz umumjamoa hisobida uchinchi o‘rinni egallashdi.

Kiritildi: 15:55 20.06.2025. O'qildi: 821 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!