Yangi Starship V3 raketasi Texasdagi kosmodromdan start olib, Yer sharining yarmini qamrab oluvchi trayektoriya bo‘ylab sinov suborbital parvozini amalga oshirishi kerak edi. Startgacha 30 soniyadan kam vaqt qolganida, texnik nosozlik sababli parvoz bekor qilindi.
SpaceX rahbari Ilon Maskning tushuntirishicha, start minorasining o‘qini ushlab turuvchi gidravlik fiksatorda nosozlik kuzatilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, agar muammoni tezda bartaraf etishning imkoni bo‘lsa, parvozga navbatdagi urinish juma kuni bo‘lib o‘tadi.
SpaceX kompaniyasi Starship V3 raketasini “shu paytgacha yaratilgan eng kuchli uchirish tizimi” deb atagan edi.