Kompaniya aksiyasi 12 iyun kuni birjada shiddatli start oldi va hali ham joylashtirish narxidan yuqori baholanmoqda. Biroq ketma-ket uchinchi savdo kunida uning kursi pasayib bormoqda, buning oqibatida Ilon Mask boshqaradigan kompaniya 600 milliard dollardan ortiq birja qiymatini yo‘qotdi.
22 iyun kuni SpaceX aksiyalari 16 foizga tushib, 154,60 dollarni tashkil etdi. Kompaniyaning umumiy birja qiymati hozirda 2 trillion dollardan sal ko‘proqni tashkil qilmoqda.
"Dunyoda buni sotib olmoqchi bo‘lgan har bir kishi allaqachon sotib bo‘ldi", — deydi JonesTrading bosh bozor strategi Maykl O’Rurk.
So‘nggi uch kundagi yo‘qotishlarga qaramay, SpaceX hamon dunyodagi oltinchi eng yirik kompaniya bo‘lib qolmoqda. Bundan tashqari, aksiya narxi dastlabki joylashtirilgan qiymatdan (har bir aksiya uchun 135 dollar) taxminan 15 foizga yuqori hisoblanadi. Investorlar SpaceX sun’iy intellekt (SI) sohasidagi loyihalarini moliyalashtirish uchun katta miqdorda qarz kapitalini jalb qilishini kutishyapti, deyiladi xabarlarda.