Eureka tankerini qo‘lga olgan Somali qaroqchilari uni ozod qilish uchun 10 million dollar talab qilmoqda.
Bu haqda Shabelle Media Network nashri xabar berdi.
Togo bayrog‘i ostidagi kema 2 may kuni Aden ko‘rfazida BAAdan dizel yoqilg‘isini tashiyotgan paytda qo‘lga olingan.
Ilgari qaroqchilar Misr va Hindiston fuqarolaridan iborat tanker ekipajini ularni ozod qilish bo‘yicha muzokaralar muvaffaqiyatsiz tugaganidan keyin o‘ldirish bilan tahdid qilgani haqida xabar berilgan edi.
Britaniyaning dengiz xavfsizligi kompaniyasi Ambrey ma’lumotlariga ko‘ra, hozirda kamida ikkita tanker va bitta yuk tashuvchi kema qaroqchilar nazorati ostida.