Bugun 26 iyul, 2026 yil, yakshanba

КИР

Sobiq davlat xizmatchilarini ishga qabul qilishdan oldin korrupsiyaga qarshi xulosa olish tartibi tasdiqlandi

Sobiq davlat xizmatchilarini ishga qabul qilishdan oldin korrupsiyaga qarshi xulosa olish tartibi tasdiqlandi

Adliya vazirligi sobiq davlat xizmatchilarini ishga qabul qilishda korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘linmasidan xulosa olish bo‘yicha idoraviy hujjatni davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi (ro‘yxat raqami 3894, 08.07.2026 y.).

✅ Mazkur hujjat “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonun ijrosini ta’minlash maqsadida qabul qilindi.

📌 Eslatib o‘tamiz, ushbu Qonunda davlat organi yoki tashkilotida ishlagan xodim ishdan bo‘shaganidan keyin 2 yil davomida uni o‘zi nazorat qilgan tashkilotga ishga olishdan oldin avvalgi ish joyining korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘linmasidan majburiy xulosa olinishi belgilangan.

📝 Bunda, nazorat ostida bo‘lgan tashkilot sobiq davlat xizmatchisini ishga qabul qilmoqchi bo‘lsa, kadrlar bo‘limi 1 ish kuni ichida ichki nazorat bo‘linmasiga murojaat qiladi.

📙 Ichki nazorat bo‘linmasi 3 xil xulosa beradi:

🔹 ijobiy — ishga qabul qilish mumkin;
🔹 cheklovli ijobiy — ayrim cheklovlar bilan ishga qabul qilinadi;
🔹 salbiy — ishga qabul qilish rad etiladi.

⛔️ Ushbu xulosa olinmagan yoki salbiy xulosa berilgan taqdirda nomzodni ishga qabul qilish taqiqlanadi.

📕 Cheklovli ijobiy xulosa berilganda, xodimga quyidagi choralar belgilanadi:

🔸 3 oy davomida avval nazorat qilgan tashkilot bo‘yicha qarorlar qabul qilishda ishtirok eta olmaydi;

🔸 manfaatlar to‘qnashuviga olib kelishi mumkin bo‘lgan vazifalari qayta taqsimlanadi;

🔸 faoliyati ichki nazorat bo‘linmasi tomonidan monitoring qilinadi.

📁 Agar sobiq davlat xizmatchisi ichki nazorat bo‘linmasining xulosasidan norozi bo‘lsa, u yuqori turuvchi tashkilotga yoki Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligiga shikoyat qilish huquqiga ega.
Kiritildi: 16:10 09.07.2026. O'qildi: 689 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!