Bugun 21 dekabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

«Siti» yulduzi Saudiyaga ketish haqida jiddiy o‘ylamoqda

«Siti» yulduzi Saudiyaga ketish haqida jiddiy o‘ylamoqda

"Manchester Siti" sardori Bernardu Silva klubdagi so‘nggi mavsumini o‘tkazayotgan bo‘lishi mumkin.

Portugaliyalikning amaldagi shartnomasi kelasi yilning yozida o‘z nihoyasiga yetadi va tomonlar hali hamkorlikni davom ettirish bo‘yicha kelishuvga yaqin emas. talkSPORT xabariga ko‘ra, yulduz yarim himoyachi joriy mavsum yakunlangach, Saudiya klublaridan biriga o‘tish haqida jiddiy o‘ylamoqda. Saudiya Arabistonida anchadan beri "shaharliklar" xavbekini o‘z safiga qo‘shib olishni orzu qilishmoqda.

Bernardu Silva 2017 yildan buyon "Manchester Siti" sharafini himoya qilib kelmoqda. Joriy mavsumda 31 yoshli futbolchi Xosep Gvardiola jamoasi safida 7 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 14:08 29.09.2025. O'qildi: 917 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!