«Manchester Siti» klubi yozgi transferlar oynasida tarkibni yoshartirish va mustahkamlash ishlarini to‘xtatmoqchi emas. TEAMtalk nashrining xabariga ko‘ra, «shaharliklar» ayni damda jamoaning eng zaif nuqtalaridan biri bo‘lib turgan o‘ng qanot himoyasini kuchaytirish ustida bosh qotirmoqda.
Xosep Gvardiolaning ro‘yxatida birinchi raqamli nomzod sifatida Lissabonning «Sporting» klubi vakili Ivan Fresneda qayd etilgan. Qizig‘i shundaki, «Siti»ning yangi sport direktori Ugo Viana bu futbolchining imkoniyatlarini besh qo‘lday biladi, chunki u aynan Portugaliya klubidan Manchesterga ko‘chib o‘tgan edi.
Biroq Gvardiola uchun bu transfer oson kechmaydi. 21 yoshli ispan uchun kurashga Londonning «Arsenal» va boyvachcha «Nyukasl» klublari ham qo‘shilgan. Har ikki da’vogar mavsum yakunlanishi bilan futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishga tayyor.
Yoshi: 21 da
Joriy mavsumdagi statistika: 31 o‘yin, 1 gol va 3 assist.
Shartnoma muddati: 2028 yilgacha.
Transfer narxi: Taxminan 12 million yevro (Transfermarkt talqini bo‘yicha).