Oliy ta’lim vaziri Kongratbay Sharipovga ko‘ra, sirtqi ta’lim shakli eskirgan va uni masofaviy, moslashuvchan tizim bilan almashtirish lozim.
Vazirning ta’kidlashicha, bu masala so‘nggi besh yil davomida muhokama qilingan.
Dunyoda masofaviy va moslashuvchan o‘qish shakllari keng qo‘llanilyapti — talabalar o‘zlariga qulay tempda, fanlarni tanlab o‘qish imkoniga ega. Shu modelni O‘zbekistonda ham joriy etish zarur, dedi u.