Bugun 4 may, 2025 yil, yakshanba

КИР

Samarqandda bola maktabdoshi bo‘lgan qizdan tiz cho‘kib kechirim so‘radi

Samarqandda bola maktabdoshi bo‘lgan qizdan tiz cho‘kib kechirim so‘radi

Samarqand viloyati Paxtachi tumanidagi 21-maktab o‘quvchilari aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘ldi. Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi axborot xizmati rahbari holat yuzasidan izoh berdi. Bu haqda "Daryo" xabar berdi.

Unga ko‘ra, holat 2024 yil aprel oyida Paxtachi tumani 21-maktab o‘quvchisi X.T.ning shu maktabda o‘qiydigan qizni haqoratlagani natijasida yuzaga kelgan. Yigit Samarqand shahar hokimining 2021 yil 16 noyabrdagi tegishli qarori bilan hududdagi 1-sonli oilaviy bolalar uyiga berilgan bo‘lgan.

Voqeadan xabardor bo‘lgan maktab direktori o‘rinbosari, sinf rahbari va maktab psixologi bola onasining roziligi bilan uni va opasini o‘quvchi qizning uyiga uzr so‘rash uchun olib borgan.

Videolavhadagi holat qizning onasi tomonidan yigitning uzr so‘rash jarayonida tasvirga olingan. Mazkur holat bo‘yicha huquqni muhofoza qiluvchi organlar tomonidan onaga nisbatan tegishli ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilgan.

Paxtachi tumani 21-maktab direktorining tegishli buyrug‘i bilan voqea ishtirokchilari — maktab direktori o‘rinbosari, sinf rahbari va maktab psixologiga nisbatan tegishli intizomiy jazo choralari qo‘llangan.

Shuningdek, bu kabi holatlar qayta takrorlanmasligi uchun maktab ma’muriyati hamda hudud profilaktik inspektori tomonidan o‘quvchilar va ota-onalar o‘rtasida zarur tushuntirish ishlari olib borilgan.

Kiritildi: 19:38 03.05.2025. O'qildi: 1370 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!