Bugun 19 may, 2026 yil, seshanba

КИР

Sirdaryoda yuk mashinasiga o‘z ismini taqib olgan haydovchiga chora ko‘rildi

A A A
Sirdaryoda yuk mashinasiga o‘z ismini taqib olgan haydovchiga chora ko‘rildi

Sirdaryoda davlat raqam belgisini o‘zgartirgan holda taqib harakatlangan yuk mashinasi haydovchisi jazolandi, deb xabar bermoqda viloyat IIB YHXB.

Qayd etilishicha, ijtimoiy tarmoqlarda ZIL-53 rusumli transport vositasi haydovchisi davlat raqam belgisini o‘zga usullarda o‘zgartirgan holda taqib harakatlangani aks etgan videolar tarqalgan. Ularda yuk mashinasiga odatdagi raqamlar va harflar kombinasiyasi o‘rniga, 20 FARRUX belgisi taqilganini ko‘rish mumkin.

Holat Sirdaryo viloyati YHXB mas’ul xodimlari tomonidan o‘rganilib, qoidabuzar haydovchi hamda transport vositasi aniqlangan. Haydovchi bu ish qonunbuzarlik ekanini bilganini aytib, kechirim so‘radi.

«Qonunbuzarlik ekanini bilardim. Endi qiziqishga, o‘sha nomerlar chiqadi, deganga qiziqishga qo‘ydik… Boshqalardan bunday o‘zboshimchalik bilan ish qilmasliklarini so‘rab qolamiz», — dedi haydovchi.

Qoidabuzarlik bo‘yicha Yo‘l-patrul xizmati inspektorlari tomonidan belgilangan tartibda ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, transport vositasi vaqtinchalik saqlash uchun jarima maydoniga joylashtirildi. Tegishli tartibda qonuniy chora ko‘rildi, deyiladi xabarda.

Kiritildi: 20:15 18.09.2025. O'qildi: 2667 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!