Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Sirdaryo viloyati boshqarmalari xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro E.B. (muqaddam sudlangan) va boshqalar fuqaro M.X.ga Oqoltin tumanidagi “Sardoba” YPX maskani oldida 100 AQSh dollarlik kupyuradagi qalbaki 1 600 AQSh dollarini 10,2 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Hurmatli fuqarolar va tadbirkorlar, qalbakiligini bilmagan holda qalbaki valyuta qimmatliklarini olib, uni keyinchalik o‘tkazgan shaxsning qilmishi ham jinoiy javobgarlikni keltirib chiqaradi.
Shu bois, o‘zaro hisob-kitoblarni O‘zbekiston Respublikasi hududida qonuniy to‘lov vositasi hisoblangan milliy valyutada amalga oshirish orqali o‘zingizni noqonuniy harakatlardan asragan bo‘lasiz.