Sirdaryoda Milliy gvardiyaning Ixtisoslashtirilgan o‘quv markazi ishga tushdi.
Markaz kuch tuzilmalari xodimlarini tayyorlash va malakasini oshirish uchun mo‘ljallangan.
Ma’lumotga ko‘ra, bu yerda Milliy gvardiyadan tashqari Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, DXX Chegara qo‘shinlari va prezident xavfsizlik xizmati harbiylari ham o‘qitiladi.
Markaz zamonaviy yotoqxonalar, darsxonalar, sport majmualari, tir maydoni va amaliy mashg‘ulotlar uchun maxsus hududlar bilan ta’minlangan.