Bugun 10 may, 2025 yil, shanba

КИР

Rossiya yulduzi O‘zbekiston termasiga o‘tdi

Rossiya yulduzi O‘zbekiston termasiga o‘tdi

Kanoe slalom bo‘yicha Rossiya terma jamoasi yetakchisi Pavel Eygel sport fuqaroligini o‘zgartirdi. Bu haqda TASSga tayanib Kun.uz xabar berdi. Eygel O‘zbekiston terma jamoasi sharafini himoya qiladi.

«O‘zbekiston terma jamoasiga o‘tishimning asosiy sababi shundaki, o‘zimni hali ham xalqaro maydonda munosib natija ko‘rsatishga qodir bo‘lgan top sportchi sifatida his qilmoqdaman», dedi u.

35 yoshli eshkak eshuvchi o‘zini yoshi katta sportchi deb hisoblamasligini tan oldi.

«Rossiya terma jamoasi esa hozir tarkibni sun’iy yoshartirish strategiyasiga amal qilmoqda... O‘tgan yili terma jamoaga birinchi raqamli sportchi sifatida tanlangandim, biroq barcha markazlashtirilgan yig‘inlarga faqat o‘z mablag‘im hisobidan bora olishimni aytib, meni zaxiraga o‘tkazishdi», deb shikoyat qildi Eygel. Sportchining so‘zlariga ko‘ra, u murabbiylar va federasiya bilan gaplashmoqchi bo‘lgan, biroq muloqotdan natija chiqmagan.

Pavel Eygel 2018 yilgi jahon chempionatining bronza medali sovrindori hisoblanadi. U 2028 yilgi Los-Anjeles olimpiadasida medallar uchun kurashmoqchi ekanini ma’lum qildi.

Eslatib o‘tamiz, 2022 yil fevralida Ukrainaga keng ko‘lamli bosqin boshlanganidan keyin sport federasiyalari rossiyalik sportchilarni xalqaro musobaqalardan chetlatdi. Shundan so‘ng, ko‘plab rossiyaliklar sport fuqaroligini o‘zgartirishga majbur bo‘ldi.

Kiritildi: 19:43 09.05.2025. O'qildi: 1138 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!