Bugun 15 dekabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Sidneydagi terrorchining qo‘lidan avtomatni tortib olgan erkakning ahvoli qanday?

Sidneydagi terrorchining qo‘lidan avtomatni tortib olgan erkakning ahvoli qanday?

Sidneydagi terrorchining qo‘lidan avtomatni tortib olgan erkakning ismi Ahmad al-Ahmad bo‘lib, u mahalliy do‘kon egasi hisoblanadi.

Bu haqda Ynet portali Avstraliya polisiyasidagi manbalariga tayanib xabar berdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoga ko‘ra, otishma ijrochilaridan biri o‘tkinchi fuqaro tomonidan qurolsizlantirilgan. Videoda mashinalar orasida yashirinib turgan oddiy fuqarolardan biri miltiqli odamga orqadan sezdirmasdan yaqinlashgani va uni bo‘g‘ib, qurolini tortib olganini ko‘rish mumkin.

Biroq shundan so‘ng terrorchi ko‘prik tomonga qochib, boshqa quroldan yana o‘q uzishni davom ettirgan.

Avstraliyaning Channel 7 telekanali Ahmadning qarindoshlaridan intervyu olgan. Ularning aytishicha, kurash chog‘ida Ahmad o‘qdan jarohat olgan va hozirda shifoxonaga yotqizilgan.

Avstraliyaning Sidney shahridagi plyajda yuz bergan otishma oqibatida 12 kishi, jumladan, hujumchilardan biri halok bo‘ldi. Shuningdek, 29 kishi jarohatlandi, ulardan ikki nafari polisiyachi. Hujumni uyushtirgan shaxslardan biri esa polisiya tomonida qo‘lga olindi.

Kiritildi: 23:57 14.12.2025. O'qildi: 1844 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!