Bugun 26 iyul, 2026 yil, yakshanba

КИР

Si Szinpin 30 davlat ishtirokida global sun’iy intellekt alyansi tuzilishini e’lon qildi

Si Szinpin 30 davlat ishtirokida global sun’iy intellekt alyansi tuzilishini e’lon qildi

Xitoy raisi Si Szinpin Jahon sun’iy intellekt hamkorlik tashkiloti (WAICO) tuzilganini e’lon qildi va xalqaro hamjamiyatni texnologiyalarni birgalikda rivojlantirish hamda sun’iy intellektni boshqarishning global tizimini shakllantirishga chaqirdi.

U Shanxay shahrida bo‘lib o‘tgan Butunjahon sun’iy intellekt konferensiyasi (WAIC)da so‘zga chiqib, sun’iy intellekt doimo inson nazorati ostida bo‘lishi kerakligini ta’kidladi. Shuningdek, mamlakatlar texnologiyaning xavfsiz rivojlanishini ta’minlash uchun o‘zining huquqiy va tartibga solish tizimlarini takomillashtirishi, tezkor javob berish mexanizmlarini yaratishi lozimligini aytdi.

Si Szinpin sun’iy intellektni rivojlantirish «xalqaro hamkorlik simfoniyasi»ga aylanishi kerakligini ta’kidlab, hech bir davlat bu sohada barqaror taraqqiyotga yakka tartibda erisha olmasligini qayd etdi.

Xitoy tomoni ma’lumotiga ko‘ra, WAICOni tashkil etish to‘g‘risidagi kelishuvni 29 mamlakat, jumladan Xitoy, Rossiya, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, O‘zbekiston, Pokiston, Indoneziya va boshqa qator davlatlar imzolagan. Yangi hukumatlararo tashkilotning bosh qarorgohi Shanxay shahrida joylashadi.

Si Szinpin, shuningdek, Xitoy ASEAN, BRIKS, Shanxay Hamkorlik Tashkiloti, Arab davlatlari ligasi, Afrika Ittifoqi hamda Lotin Amerikasi va Karib dengizi davlatlari hamjamiyati (CELAC) bilan sun’iy intellekt sohasidagi hamkorlik markazlarini rivojlantirish va rivojlanayotgan mamlakatlar uchun o‘quv dasturlarini kengaytirish niyatida ekanini ma’lum qildi.

Kiritildi: 16:13 20.07.2026. O'qildi: 946 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!