Bugun 27 iyul, 2026 yil, dushanba

КИР

Si Jinpin hokimiyatni mustahkamlash uchun Stalin va Mao Szedun taktikalaridan foydalanmoqda

Si Jinpin hokimiyatni mustahkamlash uchun Stalin va Mao Szedun taktikalaridan foydalanmoqda

The Wall Street Journal nashrining ta’kidlashicha, u o‘z faoliyati davomida Stalin va Mao kabi hokimiyatning yuqori doiralarida tozalash ishlarini olib bormoqda. Xususan, Xitoy mudofaa, tashqi ishlar va qishloq xo‘jaligi vazirlari lavozimidan chetlatildi.

U Mao Szedunning Siyosiy byuro a’zolaridan o‘z raisligidagi yillik yig‘ilishlarda o‘z-o‘zini va bir-birini tanqid qilishni talab etish amaliyotini to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘zlashtirgan, deb qayd etadi nashr.

Shuningdek, Xitoyning amaldagi rahbari Stalin va Mao kabi o‘zini o‘z avlodining eng buyuk kommunistik nazariyotchisi sifatida ko‘rsatmoqda va shaxsga sig‘inish tizimini shakllantirmoqda.

Bundan tashqari, WSJ Si Jinpinning Stalin va Mao bilan o‘xshashligini o‘zaro kuzatuv va yashirin xabar berish tizimini rag‘batlantirishida ham ko‘radi.

Kiritildi: 13:41 06.07.2026. O'qildi: 1137 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!