Bugun 20 fevral, 2026 yil, juma

КИР

Shvesiya Ukrainaga 1,4 milliard dollarlik yangi harbiy yordam paketini ajratdi

Shvesiya Ukrainaga 1,4 milliard dollarlik yangi harbiy yordam paketini ajratdi

Shvesiya hukumati Ukrainaga 12,9 milliard kron (1,42 milliard dollar) miqdoridagi yangi — hisob bo‘yicha 21-harbiy yordam paketini ajratish haqida qaror qabul qildi. Ushbu mablag‘lar havo hujumidan mudofaa (HHM) tizimlarini kuchaytirishga yo‘naltiriladi.

Bu haqda mamlakat mudofaa vaziri Pol Yonson matbuot anjumanida ma’lumot berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, HHMni kuchaytirish zarurati kechiktirib bo‘lmaydigan masaladir. Shvesiya ham miqdor, ham sifat jihatidan Ukrainaga eng katta yordam ko‘rsatayotgan davlatlardan biri hisoblanadi. "Biz yetkazib bergan Shvesiyada ishlab chiqarilgan tizimlar jang maydonida o‘zlarini juda yaxshi ko‘rsatdi", — dedi vazir.

Mablag‘lar, birinchi navbatda, havo zarbalaridan "portlar, aholi punktlari, elektr stansiyalari va harbiy qismlarni" himoya qila oladigan yangi qisqa masofali HHM tizimlarini sotib olishga sarflanadi.

Kiritildi: 23:56 19.02.2026. O'qildi: 158 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!