Turkiya chempionati 19-turida "Istanbul Bashakshehir" safarda "Kayserispor"ni yirik 3:0 hisobida mag‘lub etdi.
Ushbu bahsda O‘zbekiston milliy jamoasi sardori Eldor Shomurodov jamoasining 3-goli muallifi Nunu Da Koshtaga golli uzatma berdi.
Abbosbek Fayzullayev esa asosiy tarkibda maydonga tushib, 81-daqiqada almashtirildi.
"Bashakshehir" bu g‘alaba evaziga 6-o‘ringa ko‘tarildi (29 ochko). "Kayserispor" 16-pog‘onada (15 ochko).
Turkiya chempionati. 19-tur
Kayserispor - Bashakshehir - 0:3
24 yanvar, 16:30
Gollar: 35' 0:1 - D. Zelke (penaltidan), 67' 0:2 - R. Chivelek (avtogol), 86' 0:3 - N. Da Koshta (E. Shomurodov).